«nig‘matilla yo‘ldoshev» tegli maqolalar


Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev va qidiruvdagi tadbirkor o‘rtasidagi suhbat videosiga izoh berdi
26 aprel 2024, 15:02

Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev va qidiruvdagi tadbirkor o‘rtasidagi suhbat videosiga izoh berdi

Internetda Turkiyada bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va qidiruvda bo‘lgan tadbirkor Sherali Sobirjanov o‘rtasidagi suhbat videosi tarqaldi. BP video yanvar oyida bosh prokuror o‘z mablag‘i hisobidan davolanayotgan turk klinikasida yozib olingani va amaldor bu tadbirkor bilan tanish bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Bo‘kadagi sayyor qabulda ayol bosh prokuror qabuliga kiritmagani uchun Svetlana Artikova bilan janjallashdi
5 may 2023, 12:23

Bo‘kadagi sayyor qabulda ayol bosh prokuror qabuliga kiritmagani uchun Svetlana Artikova bilan janjallashdi

Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova sayyor qabulda eri bilan bog‘liq ishni hal qilish uchun kelgan ayol bilan janjallashdi. Aniqlanishicha, u ayolni bosh prokuror bilan uchrashishga qo‘ymagan. Yakunda bosh prokuror ayolni qabul qilib, murojaatni nazoratga oldi.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i ozod etildi
11 sentabr 2022, 15:34

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i ozod etildi

Poytaxtda daraxtlar nobud bo‘lishiga sharoit yaratib berganlikda ayblanib hibsga olingan Toshkent Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Farhod Dehqonov ozod etildi, biroq jinoiy ishda gumonlanuvchi sifatida qolmoqda. Deputat Rasul Kusherbayev uning ozodlikka chiqishiga O‘zbekiston bosh prokurori hissa qo‘shganini aytdi.

«Islom Karimovning sodiq shogirdi va siyosiy farzandi». Shavkat Mirziyoyevga prezidentlik yuklatilgan majlisdan 5 yil o‘tdi
8 sentabr 2021, 12:40

«Islom Karimovning sodiq shogirdi va siyosiy farzandi». Shavkat Mirziyoyevga prezidentlik yuklatilgan majlisdan 5 yil o‘tdi

2016 yil 8 sentabr kuni O‘zbekiston parlamenti palatalarining qo‘shma majlisida mamlakatning o‘sha vaqtdagi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston prezidenti vazifa va vakolatlari vaqtincha yuklatildi. Majlisda o‘sha vaqtdagi Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev rahbarlik lavozimlarida yetarli tajribaga ega emasligi sababli prezidentlikni bajarishni unga yuklamasliklarini so‘ragan edi. Sobiq moliya vaziri esa Shavkat Mirziyoyevni Islom Karimovning «sodiq shogirdi va siyosiy farzandi» deya ta’riflagan edi.

Buxoro prokurori Jasur Fozilov murojaati yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi
12 dekabr 2020, 13:19

Buxoro prokurori Jasur Fozilov murojaati yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi

Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov Shavkat Mirziyoyev va prezident administratsiyasi rahbariga videomurojaat bilan chiqib, bosh prokurorga aloqadar jinoyatlarni fosh etmoqchiligi, uning Mega Bukhara savdo majmuasi qurilishiga bevosita aloqadorligini ta’kidladi. Shuningdek, mazkur ob’ekt qurilishiga ketgan harajat 1 trln so‘mga yetishi va xalqning yonidan qoplanayotganini aytdi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha bayonot bilan chiqdi.

Prokuratura qishloq xo‘jaligidagi qonunbuzilishlarda moliya vaziri o‘rinbosari aloqadorligini tekshirmoqda
19 noyabr 2020, 23:08

Prokuratura qishloq xo‘jaligidagi qonunbuzilishlarda moliya vaziri o‘rinbosari aloqadorligini tekshirmoqda

Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga don yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishda Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan mablag‘ ajratish va sarflashning qonuniyligini tekshirish to‘g‘risida so‘rov yubordi. Bundan tashqari, Moliya vazirligi mansabdor shaxslari, jumladan, vazir o‘rinbosari Abdimuxtor Ergashevning qonunbuzilish holatlarda aloqadorligini tekshirish kutilmoqda.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Dang‘ara tumani soliq inspektori 22 ta soxta firma ochgan
7 noyabr 2020, 16:01

Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Dang‘ara tumani soliq inspektori 22 ta soxta firma ochgan

Bosh prokuror Dang‘ara tumani davlat soliq inspektori 22 ta soxta firma ochib, 268 mlrd so‘mni naqdlashtirganini qayd etdi. Ma’lum bo‘lishicha, 31 nafar soliq xodimi mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Tez yordam mashinalari 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib borishi ta’minlanadi — Bosh prokuror
16 iyul 2020, 12:00

Tez yordam mashinalari 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib borishi ta’minlanadi — Bosh prokuror

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning aytishicha, endilikda prezident topshirig‘iga binoan 103 raqamiga telefon qilinganda band bo‘lish holatiga chek qo‘yiladi. Bundan tashqari, tez tibbiy yordam xizmati 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib kelishi va COVID-19 ga test natijalarini uzog‘i bilan bir kunda chiqarilishi ta’minlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting